Asosiy matnga o'tish
Qalamdon

Tarbiyachining qog'oz ishlari — bir necha daqiqada

Guruh yoshi va haftaning mavzusini tanlang: reja, konspekt va tarqatma shu mavzu atrofida bir-biriga bog'langan holda tayyorlanadi. Hammasi Word faylida — tahrirlab, chop etasiz.

Nimalar tayyorlanadi

Tarqatmalar haqiqiy suratlar bilan

Bo'yash, labirint, sanash, juftini top, soyasini top, kesib-yopishtir, lotto va kartochkalar. Bolalar multfilm emas, haqiqiy olma, mushuk va mashinani ko'radi. Kichik, o'rta, katta va tayyorlov guruhlari uchun murakkablik har xil.

Savollar

05-02 ish jurnali qaysi shaklda chiqadi?

Amaldagi buyruqdagi tuzilma asosida: kunlar kesimida mavzu, mashg'ulotlar va kun davomidagi ishlar. Shakl hududga qarab farq qilsa, Word faylida o'zgartirasiz. Hududingizdagi namunani yuborsangiz, uni ham variant sifatida qo'shamiz.

Rivojlanish xaritasiga bolalarning ismini yozish kerakmi?

Yo'q. Qalamdon faqat guruh bo'yicha sonlar bilan ishlaydi. Ismlar kerak bo'lsa, ularni yuklab olingan faylga o'zingiz qo'shasiz — ular serverga tushmaydi.

Mavzular katalogi bormi?

Ha, fasllar bo'yicha 48 ta haftalik mavzu bor. Katalogda bo'lmagan mavzuni o'zingiz yozishingiz ham mumkin.

Sinovga qo'shiling

Qalamdon hozir kichik guruh pedagoglar bilan sinovdan o'tmoqda. Qo'shilish uchun botni oching — so'rovingiz bizga keladi, kirish ochilganda bot xabar beradi.

@QalamdonUzBot ni ochish
  1. 1Botda «Start» tugmasini bosing.
  2. 2Bot so'rovingizni bizga yuboradi. Hech qanday shaxsiy ma'lumot so'ralmaydi.
  3. 3Kirish ochilganda bot xabar beradi — «Ilovani ochish» tugmasi bilan birinchi hujjatingizni tayyorlang.