Haftalik reja — guruhingiz va mavzuingiz bo'yicha
Haftalik reja tarbiyachining eng ko'p vaqt oladigan hujjati: har kun uchun rejim paytlari, mashg'ulotlar, sayr va kunning ikkinchi yarmi. Qalamdon haftaning mavzusi va guruh yoshidan kelib chiqib besh kunlik rejani to'liq yozadi. Siz faqat o'qib, kerakli joyini o'zgartirasiz.
Word · 3 qalam · boshlang'ich bepul hujjatlarga kiradi
Haftalik reja
Mavzu: Kuz ne'matlari · Katta guruh · 25 daqiqa
| Kun | Mashg'ulotlar | Harakatli o'yin |
|---|---|---|
| Dushanba | Nutq: «Kuz keldi» suhbati | «Barglar raqsi» |
| Seshanba | Bilish: 1–5 gacha sanash | «Savatga sol» |
| Chorshanba | Ijodiy: barglar bilan rasm | «Shamol va barglar» |
Hujjat ichida
- Mavzu bo'yicha maqsadlar 5 rivojlanish sohasi kesimida
- Ertalabki badantarbiya mashqlari
- Haftaning umumiy jadvali: kun, mashg'ulotlar, harakatli o'yin
- Har kun uchun alohida jadval: ertalabki qabul va suhbat, badantarbiya, 1–3 ta mashg'ulot, sayr (kuzatuv, harakatli o'yin, mehnat), kunning ikkinchi yarmi, yakka tartibdagi ish, ota-onalar bilan ishlash
- Imzo joylari: tarbiyachi va metodist
Siz tanlaysiz
- Haftaning mavzusi — katalogdan yoki o'zingiz yozasiz
- Hafta boshlanadigan sana
- Guruh yoshi: kichik, o'rta, katta yoki tayyorlov
- Varaq joylashuvi: kitob yoki albom
- Qo'shimcha istak (masalan, bayram yoki ochiq mashg'ulot kuni)
O'zi hisoblanadi
- Sanalar dushanbadan jumagacha avtomatik qo'yiladi, bayram kunlari belgilanadi
- Mashg'ulot davomiyligi guruh yoshiga qarab: kichik 15, o'rta 20, katta 25, tayyorlov 30 daqiqa
- Ism-familiya va MTT nomi faylga telefoningizda qo'yiladi
Savollar
Reja qaysi dastur asosida tuziladi?
Maqsadlar beshta rivojlanish sohasi bo'yicha yoziladi: jismoniy, ijtimoiy-hissiy, nutq, bilish va ijodiy. Shakl hududga qarab farq qilishi mumkin — Word faylda bemalol o'zgartirasiz.
Bir oylik jurnal ham tayyorlanadimi?
Ha, «Oylik ish jurnali (05-02)» alohida hujjat: to'rt haftaning hammasi bir faylda.
Boshqa hujjatlar
Sinovga qo'shiling
Qalamdon hozir kichik guruh pedagoglar bilan sinovdan o'tmoqda. Qo'shilish uchun botni oching — so'rovingiz bizga keladi, kirish ochilganda bot xabar beradi.
@QalamdonUzBot ni ochish- 1Botda «Start» tugmasini bosing.
- 2Bot so'rovingizni bizga yuboradi. Hech qanday shaxsiy ma'lumot so'ralmaydi.
- 3Kirish ochilganda bot xabar beradi — «Ilovani ochish» tugmasi bilan birinchi hujjatingizni tayyorlang.