Reja, konspekt va tarqatma — bir necha daqiqada
Bog'cha tarbiyachilari, maktab o'qituvchilari va ota-onalar uchun. Mavzu va guruhni tanlaysiz, hujjat Word yoki PDF'da tayyor bo'ladi.
3 ta hujjat bepul. Hozir sinov bosqichi — qanday qo'shilish.
Kundalik qog'oz ishlari uchun bitta joy
Telegram kanallaridan namuna qidirib, har bir faylni qayta moslashtirish shart emas. Hujjat sizning guruhingiz, yoshi va mavzusiga qarab yaratiladi.
Bog'cha tarbiyachilariHaftalik reja, 05-02 ish jurnali, konspekt, 05-04 rivojlanish xaritasi va guruhga mos tarqatmalar.Batafsil
Maktab o'qituvchilariDars ishlanmasi, kalendar-tematik reja, test varaqlari, ochiq dars to'plami va attestatsiyaga tayyorgarlik.Batafsil
Ota-onalarBola yoshiga mos uy mashg'ulotlari, bugungi reja va chop etib o'ynaladigan varaqlar.Batafsil
Nimalar tayyorlanadi
12 turdagi hujjat va 13 xil tarqatma varag'i. Har biri tahrirlanadigan faylda — o'zingizga moslab, keyin chop etasiz.
Har birining narxiBog'cha uchun
Maktab uchun
- Dars ishlanmasiWord
- Kalendar-tematik rejaWord, Excel
- Test va mashq varag'iPDF
Hammaga
- TarqatmaPDF
- Haftalik hisobotWord
- Tadbir va foto hisobotPDF, Telegram uchun rasm
- Mavsumiy hisobotWord
- Ochiq mashg'ulot to'plamiWord, PowerPoint, PDF
Uyda
Uch qadamda tayyor
- 1
Mavzu va guruhni tanlang
Katalogdan haftaning mavzusini oling yoki o'zingiz yozing. Yosh guruhi yoki sinfni belgilang.
- 2
Natijani ko'ring va tuzating
Hujjat 10–40 soniyada tayyor bo'ladi. Har bir jumlani bosib tahrirlaysiz, rasmlarni almashtirasiz.
- 3
Yuklab oling yoki chop eting
Word, PowerPoint yoki PDF. Ismingiz va muassasa nomi faylga telefoningizda qo'yiladi.
Bolalar haqida hech narsa saqlanmaydi
Qalamdon faqat anonim metodik matn yaratadi. Ismingiz va muassasa nomi faylga telefoningiz yoki kompyuteringizda qo'yiladi va serverga yuborilmaydi.
Maxfiylik siyosatiSaqlanadi
- Telegram ID (hisob uchun)
- Guruh yoshi yoki sinf, bolalar soni
- Yaratilgan anonim hujjatlar
Saqlanmaydi
- Bolalarning ismi, bahosi, kuzatuvlari
- Bolalar va tadbir suratlari
- Ismingiz, telefoningiz, muassasa nomi
Ko'p so'raladigan savollar
Hujjatlar rasmiy shaklga mosmi?
Reja va ish jurnali «Ilk qadam» dasturi va amaldagi buyruqlardagi tuzilma asosida tayyorlanadi. Shakllar hududga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun har bir matn Word faylida tahrirlanadi. Yangi shakl namunalari kelgan sari variantlar qo'shib boriladi.
Tarqatmalar rangli printer talab qiladimi?
Yo'q. Bo'yash va kontur varaqlari oq-qora, ingichka chiziqli — siyoh tejaladi. Kartochkalar bir varaqqa 2, 4, 6 yoki 8 tadan, kesish chiziqlari bilan joylanadi.
Telefonda ishlaydimi?
Ha. Telegram ichida ham, telefon brauzerida ham, kompyuterda ham bitta hisob ishlaydi. Katta hujjatlarni kompyuterda ochish qulayroq.
Bolalar haqida nima so'raladi?
Hech narsa. Bolalarning ismi, bahosi yoki surati so'ralmaydi va saqlanmaydi. Rivojlanish xaritasi uchun faqat guruh bo'yicha sonlar kiritiladi.
Qancha turadi?
Ro'yxatdan o'tganda 3 ta hujjat bepul. Tarqatma, test varag'i va foto hisobotdan har kuni bittasi bepul. Keyin hujjatlar qalam bilan tayyorlanadi. Qalam — Qalamdon'dagi hujjat tayyorlash birligi: tarqatma 1 qalam, haftalik reja 3 qalam, 1 qalam taxminan 1 000 so'm. Qarz emas — oldindan olinadi, muddati tugamaydi.
Sinovga qo'shiling
Qalamdon hozir kichik guruh pedagoglar bilan sinovdan o'tmoqda. Qo'shilish uchun botni oching — so'rovingiz bizga keladi, kirish ochilganda bot xabar beradi.
@QalamdonUzBot ni ochish- 1Botda «Start» tugmasini bosing.
- 2Bot so'rovingizni bizga yuboradi. Hech qanday shaxsiy ma'lumot so'ralmaydi.
- 3Kirish ochilganda bot xabar beradi — «Ilovani ochish» tugmasi bilan birinchi hujjatingizni tayyorlang.